Pyure va pastalar

Marwin Brandsning barcha mevali pyurelari mavsumiy yangi mevalardan tayyorlanadi va buning nazorati dehqonning bog‘idan boshlanadi. Mevalar ishlab chiqarish laboratoriyalarida bir qancha tomondan, ya’ni tashqi ko‘rinishidan, yetilganligi, mexanik nuqsonlar, zararkunanda va kasalliklardan tekkan zararlardan tortib, fizikaviy va kimyoviy ko‘rsatkichlargacha tekshiriladi. Faqat sifat me’yoriga javob beradigan xom-ashyogina ishlab chiqarish uchun olinadi.

Xom-ashyoni bo‘laklarga bo‘lish va maydalash mexanik, ya’ni siqimni ko‘paytirish uchun kimyoviy moddalarni qo‘shmagan holda amalga oshiriladi. Meva etining ko‘p marotaba maydalanishi, zarur vitamin va mikroelementlarni saqlagan holda, bir xil massa hosil bo‘lishini ta’minlaydi. Pyure bir necha jarayonlardan, ya’ni fermentatsiya (xom-ashyoni biokimyoviy qayta ishlash jarayoni), ortiqcha namlikning parlantirish va birlamchi fizikaviy va kimyoviy nazoratdan o‘tkaziladi. Sterillangandan va 20-25 haroratgacha sovutilgandan so‘ng pyure yuqori bosim ostida aseptik qadoqlarga solinadi va 200-220 kg li maxsus idishlarga qadoqlanadi. So‘ngra har bir mahsulot bakteriologik ko‘rsatkichlarga ko‘ra tekshiriladi. 10 kun muddatli karantin o‘tgandan so‘ng, mahsulot tarqatish va ishlab chiqarish uchun tayyor hisoblanadi. Sharbatning aseptik qobiqda, muvofiq haroratda saqlanganda, iste’molga yaroqlilik muddati – 2 yil.

Ta’m xillari:

Marwin Brands zavodida olmali, o‘rikli, nokli, malinali, qulupnoyli, olxo‘rili, shafolili, behili pyurelar va tomat pastasi ishlab chiqariladi. Bu sharbat, ichimlik, ketchup, qayla va qandolat mahsulotlari uchun ajoyib tarkib bo‘la oladi. Olmali pyure nordon-shirin va shirin navli olmalardan, sun’iy ta’m va hid beruvchi moddalar va konservantlarsiz tayyorlanadi.



Assortiment

  • Olma pyure
  • Shaftoli pyure
  • O'rik pyure
  • Olcha pyure
  • Behi pyure
  • Nok pyure
  • Pomidor pyure
  • Qulupnay pyure
  • Malina pyure
  • Olxo'ri pyure