Dena

Sharbat va nektar o‘z xom-ashyosidan, ya’ni mavsumiy mevalarning bo‘tqasidan, shuningdek, O‘zbekiston hamda xorijiy, aksar Ispaniya va Gollandiyada ishlab chiqarilgan tabiiy konsentratlangan sharbatlardan tayyorlanadi. Barcha hamkorlik shartnomalari Marwin Brands kompaniyasining mahsulot uchun ishlatiladigan boshlang‘ich tarkibiy qismning nazorat qilishini nazarda tutadi.

Konsentratlardan sharbatni tiklash uchun ketadigan suv va xom-ashyo laboratoriya tekshiruvidan o‘tadi. Tetra Pak tizimi shunday dasturlanganki, xom-ashyo kerakli darajada sterillangan bo‘lmagan va belgilangan shartlariga rioya qilinmagan hollarda, tizim ishlamaydi.

Tayyorlash (tiklash) jarayonidan so‘ng mexanik ifloslanishlardan tozalash maqsadida, sharbat filtrdan o‘tkaziladi. So‘ngra yuqori haroratda isitiladi va shu vaqtning o‘zida sovutiladi. Bu ultrapasterizatsiya jarayoni bo‘lib, bu sharbatda imkon qadar foydali moddalarni saqlab qolishga yordam beradi.

So‘ngra sharbat va nektarlar ko‘p qavatli aseptik Tetra Pak Gemina leaf qadoqlariga solinadi. Bu Tetra Pak ning eng so‘nggi ishlab chiqqan qadog‘i bo‘lib, uning boshqa qadoqlardan ajralib turadigan tomoni – qadoqning yuqori qismining qulayligi va teshigining, quyish uchun qulay bo‘lishi uchun, burchakda joylashganligi va qulay qopqoq.

Sharbatning iste’molga yaroqlilik muddati qadoqlangan vaqtidan boshlab – 1 yil.

Ta’m xillari

Dena sharbatlari qadog‘ining ustida doim sharbatning tarkibi va surati beriladi. Nordon sharbatlarga belgilangan me’yorga muvofiq kerak bo‘lgan ta’m uchun qo‘shimchalar qo‘shiladi. Marwin Brands zavodlarida aralash tarkibli sharbatlarni tayyorlashga ijodiy yondashiladi. Supermarket va ovqatlanish joylarida o‘tkaziladigan yashirin so‘rovlarda kompaniya ko‘pincha ilg‘or o‘rinlarda turadi.

Ayni paytda Dena 15 xil turli ta’mli sharbatlarga ega: rezavor mevalararalashmasi, olma, quyqali olma,uzum, ananas va olma, shaftoli, o‘rik, ekzotik mevalar aralashmasi, quyqali olcha-olma, qora qoraqat va olma, olxo‘ri-olcha va olma, behi va olma, pomidor, apelsin.

dena.uz

facebook.com/dena.uzb



Assortiment

  • Olma
  • Apelsin
  • Uzum-olma
  • Ananas-olma
  • Pomidor
  • Shaftoli
  • Orik
  • Multimeva
  • Olcha
  • Qizil-olma
  • Olma-olcha
  • Olma-qoraqoragat
  • Olma-olxori-olcha
  • Behi-olma
  • Reza-meva-miksi