Kompaniya

photo_2016-11-09_15-01-53-1024x686

Marwin Brands – milliy innovatsion kompaniya. Kompaniya Toshkentdan uzoqda bo‘lmagan, O‘zbekistonning ekologiyasi toza bo‘lgan hududida 2007 yilning 27 iyulida tashkil topgan. O‘tgan o‘n yil mobaynida kompaniya quyidagi bosh tamoyillarga qat’iy amal qilib kelmoqda:

InnovatsionlikMarwin Brands kompaniyasi faoliyatining boshidanoq ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchi kompaniyalarning qurilmalaridan, ya’ni sharbatni quyish uchun Tetra Pak va meva bo‘tqasi (pyure) chiqarish uchun CFT kompaniyalarining qurilmalaridan, ularning bosh maqsadini, ya’ni qayta ishlashning har bir bosqichida iste’mol mahsulotining himoyasini va insonlar havfsizliginisaqlagan holda, foydalanib kelmoqda. Tetra Pakning ko‘p qavatli qadoqlari kompaniyaga o‘z mahsulotlarini konservantlarsizuzoq muddat saqlash imkonini beradi.

Sifat – nazorat mevalarni daraxtdan terib olishdan boshlanadi. Kompaniya hamkorlari o‘rtasida turg‘un ibora mavjud: “Marwin Brands uchun qilingandek, a’lo darajadagi mahsulot”. Bu bilan ular xom-ashyoning benuqson sifatini ta’kidlaydilar. Kompaniya nomi sifatning o‘ziga xos nomdoshi (sinonimi) bo‘lib qolgan. Sifat borasida, mevalarni yetkazib beruvchilar orasida, Marwin Brands kompaniyasi eng talabchan va qat’iyi hisoblanadi. Ishlab chiqarish uchun faqat, kompaniyada qabul qilingan talab va me’yorlarga muvofiq keladigan, sara va ekologik toza xom-ashyodan foydalaniladi. Bunday yondashuv qo‘shimcha xarajatlarni talab etadi, shunga qaramay, ishga bo‘lgan bunday yondashuv o‘zgarmaydi. “Belgilangan me’yor”ga rioya qilish bo‘yicha kompaniya eng yuqori darajani egallaydi. Nazorat ishlab chiqarish jarayonining har bir bosqichida amalga oshiriladi, ya’ni sinov laboratoriyalarida tayyor mahsulot tekshiruvihar yigirma daqiqada amalga oshiriladi.

Oilaviy qadriyatlar – “Marwin Brands, faqat, o‘z farzandlari uchun ham bera oladigan mahsulot chiqaradi”. Bunday hayotiy qoida kompaniyaga butun faoliyati davomida hamrohlik qiladi. Mahsulotni ishlab chiqarishda, inson sog‘lig‘iga ziyon yetkazishi mumkin bo‘lgan, hamda mazani sun’iy oshiruvchi moddalar va konservantlardan umuman foydalanilmaydi, balki faqat, tabiiy, xavfsiz va foydali xom-ashyolardan foydalaniladi. Kompaniyaning maqsadi, xavfsiz iste’mol mahsulotlaridan bolalikdan foydalangan holda, sog‘lom turmush tarziga bo‘lgan muhabbatni singdirish. Bugungi kunda O‘zbekistonda sharbat iste’moliga bo‘lgan talab sekin, lekin bir maromda o‘sib borayapti. Iste’molchiga, asosan, mahalliy xom-ashyolardan foydalangan holda ishlab chiqarilgan tabiiy va qimmat bo‘lmagan sharbat va nektarlar taklif qilishi bilan, Marwin Brands kompaniyasi bunga o‘z hissasini ko‘shayapti. Shuningdek, kompaniya atrof-muhit himoyasiga qaratilgan ekologiyaga oid yangi dasturlar va innovatsiyalarni sinchkovlik bilan kuzatib boradi. Bunga misol qilib, yuqori darajali ishlab chiqarish mobaynida elektr quvvatidan kam miqdorda foydalanishni keltirishimiz mumkin. Mevalarni birlamchi qayta ishlashda (yuvishda), har safar filtr orqali tozalanadigan suvdan bir necha bor foydalaniladi.

Marketing tizimi ishtirokchilarining barchasi yutuqda bo‘lgan holda, har bir tomonning maqsad va niyatlari, shuningdek, iste’molchilarning talablari hisobga olingan holda, Marwin Brands kompaniyasi hamkorlar bilan aloqada ishonch, samimiylik va “win-win” pariteti (yutqizishsiz tenglik) qoidalariga tayanadi. Eksport qilinayotgan mahsulot ham, ichki bozor uchun mo‘ljallangan mahsulot kabi, xuddi shunday sinchkovlik va nazorat ostida ishlab chiqariladi.

Marwin Brands kompaniyasi savdo belgisida ishonch, soflik va g‘amxo‘rlik timsoli – tumshug‘ida barg olib ketayotgan kichik qush timsoli tasvirlangan. Kompaniyaning o‘n yil mobaynida olib borayotgan faoliyatiga, hayot sifatini yaxshilash maqsadiga qaratilgan, ongli faoliyat deb tavsif bersak bo‘ladi.